Zargarlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan konstruktiv muloqot

Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va shaffofligini taʼminlash maqsadida  soha vakillari bilan  uchrashuv o‘tkazildi.

Unda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov hamda “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi Shoxrux Tuychibayev ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv muloqot davomida sohaga oid mavjud muammolar, zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga doir muhim masalalar batafsil muhokama qilindi.