“Soliq” mobil ilovasida multiakkaunt yaratish

Endilikda, «Soliq» mobil ilovasida ro’yxatdan o’tish uchun foydalanuvchining har bir telefon raqamiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) biriktiriladi.

«Multiakkaunt tizimi» ilovadan foydalanish davomida maxfiylikni ta’minlash hamda bir nechta telefon raqamlarini birlashtirgan holda yagona akkauntni identifikatsiyalash maqsadida yaratilgan. Xususan, ushbu funksional yordamida turli telefon raqamlari orqali to’plangan keshbeklarni JShShIR asosida yagona akkauntda jamlash imkoni yaratiladi.

«Soliq» mobil ilovasida yangi telefon raqamini ro’yxatdan o’tkazish uchun «Face ID» tizimi orqali identifikatsiyadan o’tish va telefon raqamiga ulangan akkauntga kirishga rozilik berish lozim. Agar foydalanuvchi akkauntning haqiqiy egasi bo’lmasa, ushbu akkauntni o’chirish va yangisini yaratish tavsiya etiladi. Bunda, ushbu akkauntga tegishli shaxsiy ma’lumotlar va to’plangan keshbek summalari saqlanib qoladi.

«Multiakkaunt tizimi» “Soliq” mobil ilovasining yangi versiyasida foydalanishga taklif etiladi.