O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling va Soliq ilovasi orqali keshbek oling!

«Sayohat uchun keshbek» xizmati  maxalliy sayyohlar uchun respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50% (havola) qaytarib olish imkoniyatini yaratadi. 

  • 15% – samolyot, poyezd yoki avtobus chiptalari narxidan (avia chiptalari uchun maksimal keshbek miqdori – 150 000 so‘m, temir yo‘l va avtobuslar uchun – 80 000 so‘m);
  • 15% – mehmonxona xarajatlaridan (80 000 so’mgacha);
  • 50% – madaniyat muassasalariga tashriflar: muzey, galereya, teatr, sirk chiptalaridan (20 000 so’mgacha).