Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat Call-markazining statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2024 yil yanvar oyida kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 94 579 tani tashkil etib, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan 23 624 ta farq bilan 33 % lik o‘sishni qayd etdi.
Murojaatlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kelib tushgan:
- interaktiv xizmatlar 53,9%;
- keshbek 19,3%;
- E-ijara platformasi 2,8%;
- soliq hamkor 0,6%;
- hisobot shakllarini to’ldirish va yuborish 6,3%;
- Soliq kodeksi 16,9%;
- E-imtiyoz platformasi 0,1%;
- K-savdo platformasi 0,1%.
Soliq to ‘lovchilarning toifa kesimida kelib tushgan murojaatlar soni:
- Yuridik shaxslar – 34 957 ta
- Jismoniy shaxslar – 57 559 ta
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 947 ta
- Fermer va dehqon xo’ jaliklari – 116 ta
Hududlardan kelib tushgan murojaatlar bo’ yicha quyidagi yetakchi uchlik qayd etildi:
- Toshkent shahri – 40 380 ta
- Toshkent viloyati – 8 837 ta
- Buxoro viloyati – 8 483 ta
1198 – Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat call-markazi raqami.