Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat Call-markazining statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yil noyabr oyida kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 63 626 tani tashkil etdi.
Murojaatlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kelib tushgan:
⁃ interaktiv xizmatlar (54,2%);
⁃ keshbek (22,5%);
⁃ E-ijara platformasi (3,1%);
⁃ soliq hamkor (0,8%);
⁃ hisobot shakllarini to’ldirish va yuborish (6,6%);
⁃ soliq qonunchiligi (12,2%);
⁃ E-imtiyoz platformasi (0,5%);
⁃ K-savdo platformasi (0,1%).
Soliq to ‘lovchilarning toifa kesimida kelib tushgan murojaatlar soni:
Yuridik shaxslar – 23 729 ta
Jismoniy shaxslar – 38 188 ta
Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 612 ta
Fermer va dehqon xo’ jaliklari – 97 ta
Hududlardan kelib tushgan murojaatlar bo’ yicha quyidagi yetakchi uchlik qayd etildi:
Toshkent shahri – 25 865 ta
Buxoro viloyati – 6 913 ta
Toshkent viloyati – 5 250 ta
1198 – Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat call-markazi raqami