Soliq to’lovchilarga 24/7 rejimida axborot xizmatlarini ko’rsatish

   Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat Call-markazining statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2023 yil oktabr oyida kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 63 658 tani tashkil etib, 2023 yil sentabr oyiga nisbatan 7 559 ta farq bilan 10,6 % lik pasayishni qayd etdi.

 Murojaatlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kelib tushgan:

 

 

⁃ interaktiv xizmatlar (57,4%);
⁃ keshbek (18,8%);
⁃ E-ijara platformasi (3,3%);
⁃ soliq hamkor (0,7%);
⁃ hisobot shakllarini to’ldirish va yuborish (4,9%);
⁃ soliq qonunchiligi (14,5%);
⁃ E-imtiyoz platformasi (0,2%);
⁃ K-savdo platformasi (0,2%).

 Soliq to ‘lovchilarning toifa kesimida kelib tushgan murojaatlar soni:

 

 

Yuridik shaxslar – 23 345 ta
Jismoniy shaxslar – 38 770 ta
Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 454 ta
Fermer va dehqon xo’ jaliklari – 89 ta

 Hududlardan kelib tushgan murojaatlar bo’ yicha quyidagi yetakchi uchlik qayd etildi:

Toshkent shahri – 26 287 ta
Buxoro viloyati – 6 803 ta
Toshkent viloyati – 5 842 ta

1198 – Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat call-markazi