Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qaroriga muvofiq “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtiradi.

Yuridik shaxs va jismoniy shaxslar tomonidan rezidentlik sertifikatini onlayn ravishda olish uchun Soliq qo’mitasining rasmiy sayti (my.soliq.uz) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza yuborilishi lozim. Ariza 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi hamda QR-kodli hujjat (sertifikat) yoki asoslantirilgan javob xati murojaatchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Eslatib o’tamiz, rezidentlik sertifikati olish uchun onlayn arizada keltirilgan majburiy qatorlarni to‘liq to‘ldirish tavsiya etiladi.

Hurmatli obunachilar, rezidentlik sertifikatini olish jarayoniga oid murojaatlaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.