“Soliq” mobil ilovasida tasdiqlash kodi xabarnomasi kelmaganligining sabab va yechimlari

“Soliq” mobil ilovasida bank kartasini qo’shish uchun foydalanuvchiga xavfsizlikni ta’minlash maqsasida tasdiqlash kodi SMS-xabarnoma shaklida yuboriladi. Ba’zida SMS-xabarnomaning foydalanuvchiga yetib bormasligi holatlari kuzatilmoqda va buning quyidagi sabablari aniqlangan:

  • Foydalanuvchi hisobida mobil aloqa xizmati uchun mablag’ yetarlicha bo’lmaganda;
  • “SMS-xabarnoma” xizmati (raqami) foydalanuvchi tomonidan qora ro’yxatga kiritilganda.

Yuqorida qayd etilgan holatlarni bartaraf etish orqali “Soliq” mobil ilovasida bank kartasini qo’shish xizmatidan uzilishlarsiz foydalanishingiz mumkin.

O’z navbatida, “Soliq” mobil ilovasidan foydalanish yuzasidan savollarni Telegram-bot orqali yo’llashingiz mumkinligini eslatib o’tamiz.