“Soliq” mobil ilovasida talabalar uchun soliq imtiyozi

“Soliq” mobil ilovasida joriy etilgan “Soliq imziyozini qaytarish” xizmati yordamida professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lov amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha soliq imtiyozini   qo’llashingiz mumkin.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandi ga asosan jismoniy shaxslarning yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan “Soliq” mobil ilovasi orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda jami yillik deklaratsiya yuborish imkoniyati yaratilgan.

Talabalar uchun soliq imtiyozidan:

Farzandlari (26 yoshga to‘lmagan) shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar;
Turmush o‘rtoqlari shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar;
Rasman ishlayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.

“Soliq” mobiI ilovasining “Soliq imziyozini qaytarish” xizmatida belgilangan talablar asosida to’ldirilgan deklaratsiya ro’yxatga olinadi hamda soliq organlariga ko‘rib chiqish uchun avtomat tarzda yuboriladi.