“Soliq” mobil ilovasida bank kartasi qanday biriktiriladi?

Innovatsion yechimlardan to’g’ri foydalanish qo’shimcha qulayliklarni yaratadi. Shu maqsadda “Soliq” mobil ilovasiga bank kartasini biriktirish bo’yicha tavsiyalarimizni e’tiboringizga havola etamiz:

• bank kartasiga «SMS-xabarnoma» xizmati ulangan bo’lishi;
• “SMS-xabarnoma” xizmati faollashririlgan telefon raqami mobil ilovada ro’yxatdan o’tgan telefon raqami bilan bir xil bo’lishi;
• biriktirilayotgan bank kartasi ma’lumotlari to’g’ri kiritilishi;
• biriktirilayotgan bank kartasi aktiv holatda bo’lishi kerak;
• bank kartasini qo’shish uchun mobil ilovaning so’nggi versiyasigacha yangilash;
• biriktirilgan bank kartasini qayta biriktirish mumkin emas.

O’z navbatida, “Soliq” mobil ilovasidan foydalanish yuzasidan savollarni Telegram-bot orqali yo’llashingiz mumkinligini eslatib o’tamiz.