«Soliq» mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 5 milliondan oshdi! Bizning safimiz yanada kengaydi!

Foydalanuvchilarimizni ushbu muhim natija bilan tabriklaymiz. «Soliq» mobil ilovasini takomillashtirishda sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun muhim!

Fursatdan foydalanib,

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo’mitasi
O’zbekiston Respublikasi Soliq qo’mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi
«Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi DUKga minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar «Soliq» mobil ilovasi rivojida alohida o’rin tutadi. Bu esa, o’z navbatida, foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishiga asos bo’lmoqda.

Eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’ling va «Soliq» mobil ilovasini yangilashni unutmang.