«Soliq» mobil ilovasi bo’yicha statistik ma’lumotlar

2024 yil yanvar oyi statistik ma’lumotlariga ko’ra, «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 5 726 800 tani tashkil etib, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan 270 000 ta farq bilan 5% lik o’sishni qayd etdi. Ulardan 5 385 500 tasi faol foydalanuvchilar, 3 367 700 tasi esa shaxsini tasdiqlaganlar ro‘yxatida qayd etilmoqda.

«Soliq» mobil ilovasida quyidagi xizmatlardan eng ko’p foydalanilgan:

  • «Xarid uchun keshbek» xizmati – 47 250 500 marta
  • «Ijaraga berish» xizmati – 107 614 marta
  • «O’zini-o’zi band qilish» xizmati – 102 561 marta
  • «Soliqlarni to’lash» xizmati – 92 911 marta
  • «Soliq hamkor» xizmati – 8 635 marta