2023 yil noyabr oyi statistik ma’lumotlariga ko’ra, «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 5 236 300 tani tashkil etib, 2023 yil oktabr oyiga nisbatan 230 400 ta farq bilan 4,6 % lik o’sishni qayd etdi. Ulardan 4 886 500 tasi faol foydalanuvchilar, 3 082 500 tasi esa shaxsini tasdiqlaganlar ro‘yxatida qayd etilmoqda.
Jumladan, «Soliq» mobil ilovasida quyidagi xizmatlardan eng ko’p foydalanilgan:
- «Xarid uchun keshbek» xizmati – 59 484 518 marta
- «Ijaraga berish» xizmati – 39 988 marta
- «O’zini-o’zi band qilish» xizmati – 141 331 marta
- «Soliqlarni to’lash» xizmati – 187 353 marta
- «Soliq hamkor» xizmati – 14 032 marta