Mamlakatimiz aeroportlarida navbatdagi Tax Free shoxobchalari o’z ishini boshladi

Kuni-kecha Nukus, Qarshi, Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarida Tax Free shoxobchalarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Endilikda mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar ushbu xalqaro aeroportlarda ham respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax Free” tizimi orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) summasini qaytarib olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-son Farmoniga (1-ilova 58-bandi) asosan barcha xalqaro aeroportlarda respublikadan sotib olingan va rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun “Tax Free” tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.

Bugungi kunda mamlakatimiz bo’ylab jami 9 ta aeroportda Tax Free shoxobchalari ishi yo‘lga qo‘yildi. Bular:

  • Toshkent
  • Samarqand
  • Buxoro
  • Urganch
  • Farg‘ona
  • Nukus
  • Qarshi
  • Navoiy
  • Termiz

O’zbekistonda Tax Freeni rasmiylashtirish bo’yicha ko’rsatmalar

Tax Free tizimi qanday mahsulotlar uchun qo’llaniladi?