2023-yil sarhisobi

2023-yilda “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi belgilangan strategik maqsadlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Xususan, korxonaning kadrlar siyosati qayta ko‘rib chiqildi, yirik kompaniya va davlat idoralari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi, “Soliq” mobil ilovasini texnik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan samarali loyihalar ishga tushirildi, respublika bo‘ylab xizmat ko’rsatayotgan 206 ta hududiy markazlar faoliyatii takomillashtirildi.

Hurmatli vatandoshlar, “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan muhim natijalar to’g’risida Siz bilan bo’lishmoqchimiz:

1. Korxonada ja’mi 224 nafar oliy ma’lumotli xodimlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 59 nafari 2023-yilda ishga qabul qilindi.

2. Bizning asosiy yoʼnalishlarimizdan biri boʼlgan – tadbirkorlik subyektlari hamda jismoniy shaxslarga soliq majburiyatlarini bajarishda koʼmaklashish bilan bogʼliq koʼrsatilgan xizmatlar soni 1720 mingni tashkil yetib, ushbu koʼrsatkich 2022 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortgan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 653-son qaroriga asosan “Soliq-servis” DUK tomonidan TaxFree tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Farg‘ona xalqaro aeroportlari hududida servis shoxobchalari ishga tushirildi. Bugungi kunda Tax Free shoxobchalarini Nukus, Qarshi, Navoiy va Termiz hududlarida joylashtirish ishlari olib borilmoqda.

4. Soliq to’lovchilarga 24/7 rejimida axborot xizmatlarini ko’rsatib kelayotgan Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat Call-markaziga 2023-yilda jami 844 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan, ushbu ko‘rsatkich 2022-yildagi 878 mingta murojaatlarga nisbatan 4 foizga qisqargan.

5. “Soliq-servis” DUK o’tib borayotgan yil davoda yetakchi kompaniyalar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Uzcard to’lov tizimi, «Kapitalbank» ATB, «Universalbank» ATB, “INSON” sug’urta tashkiloti va boshqa kompaniyalar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.

6. “Soliq” mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan iste’molchilar va ekspertlar e’tirofiga ko‘ra IT nominatsiyasida «2022-yil brendi» maqomini oldi.

Shuningdek, “Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 5,38 million nafarga yetib, yil boshiga nisbatan 2,9 million nafarga ortgan.

“Soliq” mobil ilovasi moliya toifasi reytingi bo‘yicha “Google Play” da 4-o‘rinni, “App Store” da 2-o‘rinni egallamoqda.

O‘tib borayotgan 2023-yilda “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi tomonidan erishilgan ko‘rsatkichlar kelgusi yillar davomida muhim natijalarga erishishda strategik asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.