«Soliq-servis» DUK o’z xizmatlarini 1C: Buxgalteriya 3.0 dasturining yangilangan versiyasiga joriy etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 3802-sonli qaroriga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Soliqservis.uz tizimida elektron hisob-fakturalarni shakllantirish va almashinuvi jarayoni 2020 yil 1-chorak davomida kontragentlar uchun bepul.

«Soliq-servis» DUK «Leading group» kompaniyasi hamkorligida o’z xizmatlarini 1C: Buxgalteriya 3.0 dasturining yangilangan versiyasiga joriy etdi.

Endi buxgalteriya tashkilotlari 1C tizimi ichida elektron hisob-fakturalarini (EHF) jo‘natishlari mumkin.

Buning uchun ushbu tizimning yangilangan 37.1 versiyasini yuklab o’lish.

1C tizimi orqali EHF yuborish mavzusiga oid savollar bilan quyidagi raqamga qoʻngʻiroq qiling: +99890 901 39 00