“Soliq-servis” DUK asosiy maqsadi va vazifalari

“Soliq-servis” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda – Korxona) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-sonli qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining (keying o‘rinlarda – Soliq qo‘mitasi) “Respublika axborot-maslahat markazi” va “Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash markazi” davlat unitar korxonasi negizida tashkil etilgan.

Korxona faoliyatining asosiy maqsadi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida soliq xizmati organlari va uning hududiy bo‘limlari faoliyatini amalga oshirishida soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish, shuningdek, hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan soliq xizmati organlariga amaliy yordam berishdir.

Quyidagilar Korxonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish;
  • soliq to‘lovchilardan moliyaviy hamda soliq hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish bo‘yicha ularga va davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berish;
  • davlat soliq xizmati organlarining avtomatlashtiriggan axborot tizimini texnik, dasturiy va axborot ta’minstini boshqarish;
  • davlat soliq xizmati organlari faoliyati natijasida yuzaga keladigan hujjatlarni qog‘oz va elektron shaklda markazlashgan holda arxivda saqlashni tashkil qilish;
  • «ca11-markaz» maxsus servisi orqali soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
  • soliq to‘lovchilarni elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritish qoidalari bo‘yicha o‘qitish, ularga soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini yetkazish;
  • axborotni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish;
  • davlat soliq xizmati organlari xodimlarining bilim va malakasini oshirishda ishtirok etish;
  • veb-sayt portali orqali soliq to‘lovchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;
  • soliq to‘lovchilarga soliq qonunchiligi yuzasidan axborot-maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • korxona tomonidan soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, faoliyatining ayrim jarayonlarini autsorsing shartnomalari asosida boshqa korxonalarga taqdim etish;
  • dasturiy mahsullar (mobil ilovalar)ning uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda muntazam takomillashtirib borish;
  • jismoniy shaxslar tomonidan soliq va boshqa to’lovlarni tezkor va qulay amalga oshirishda ko’maklashish;
  • jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) cheklarini ro’yxatdan o’tkazish, tahlil va nazorat qilish hamda “keshbek” to’lovlarini qaytarilishini ta’minlash;
  • chet el fuqarolariga ular tomonidan xarid qilingan ayrim tovarlarga to‘langan QQS summasini qaytarishda ko‘maklashish;
  • chet el fuqarolariga chakana savdo tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklarini soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish;
  • chet el fuqarolariga “Tax free” tizimi haqida batafsil ma’lumot berish, QQS summasini qaytarish bilan bog‘liq tartib-qoidalar haqida tushuntirish berish;
  • o‘tgan kalendar oyda chet el fuqarolari tomonidan soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot va ular bo‘yicha qaytarilgan QQS summasi bo‘yicha buyurtmalar haqqoniyligini tekshirish;
  • ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish orqali “Tax free” tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Shuningdek, Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida korxona nomidan ish ko‘radi.