Soliq ilovasining yangi 1.3.9 versiyasi imkoniyatlari

Hurmatli foydalanuvchilar!  Jamoamiz tomonidan Soliq mobil ilovasining yangi funksiya va imkoniyatlari foydalanishga tayyorlandi. Endilikda ilovada quyidagi imkoniyatlar mavjud: 

  1. “Sozlamalar” funksiyasida “Quyoshli xonadon” xizmatidan foydalanish uchun yaqin qarindoshlarga (ota-ona va farzandlar) ishonch bildirish/huquq berish funksiyasi joriy etildi. 
  2. “Quyoshli xonadon” xizmatidan foydalanish uchun  ishonch bildirgan yaqin qarindoshlar (ota-ona va farzandlar) nomidan arizani yuborish imkoniyati yaratildi;
  3. “Quyoshli xonadon” xizmati foydalanuvchisi shaxsiy kabinetida subsidiya olish uchun bir necha xonadonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.