Bizning «Soliq» mobil ilovamiz «Yil brendi 2023″ “Mobil ilovalar» nominatsiyasida g’olib bo’ldi!

   «Yil brendi 2023» mukofotida 280 dan ortiq kompaniyalarga ochiq ovoz berildi. Kuni-kecha poytaxtimizning “Humo Arena” majmuasida «Yil brendi 2023″ mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

  Joriy yilda mukofot ishtirokchilariga  25 ta nominatsiya bo‘yicha  ochiq ovoz berildi.  «Soliq» mobil ilovasi “Yil brendi 2023” mukofotining  “Mobil ilovalar” nominatsiyasi bo‘yicha 13 574 ta ovoz bilan navbatdagi g’oliblikni qo‘lga kiritdi!