«Soliq» mobil ilovasi bo’yicha statistik ma’lumotlar

  2024 yil mart oyi statistik ma’lumotlariga ko’ra, «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni 6 270 900 tani tashkil etib, 2024 yil fevral oyiga nisbatan 260 000 ta farq bilan 4,33% lik o’sishni qayd etdi.

Ulardan 5 724 100 tasi faol foydalanuvchilar, 3 557 500 tasi esa shaxsini tasdiqlaganlar ro‘yxatida qayd etilmoqda.

«Soliq» mobil ilovasida quyidagi xizmatlardan eng ko’p foydalanilgan:

  • «Xarid uchun keshbek» xizmati – 63 014 199 marta
  • «Ijaraga berish» xizmati – 53 771 marta
  • «O’zini-o’zi band qilish» xizmati – 203 825 marta
  • «Soliqlarni to’lash» xizmati – 188 423 marta
  • «Soliq hamkor» xizmati – 10 312 marta