Statistika: Soliq to’lovchilarga 24/7 rejimida axborot xizmatlarini ko’rsatish

Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat Call-markazining statistik ma’lumotlariga ko’ra, 2024 yil yanvar oyida kelib tushgan murojaatlarning umumiy soni 94 579 tani tashkil etib, 2023 yil dekabr oyiga nisbatan 23 624 ta farq bilan 33 % lik o‘sishni qayd etdi.

 Murojaatlar quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kelib tushgan:

  • interaktiv xizmatlar 53,9%;
  • keshbek 19,3%;
  • E-ijara platformasi 2,8%;
  • soliq hamkor 0,6%;
  • hisobot shakllarini to’ldirish va yuborish 6,3%;
  • Soliq kodeksi 16,9%;
  • E-imtiyoz platformasi 0,1%;
  • K-savdo platformasi 0,1%.

Soliq to ‘lovchilarning toifa kesimida kelib tushgan murojaatlar soni:

  • Yuridik shaxslar – 34 957 ta
  • Jismoniy shaxslar – 57 559 ta
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 947 ta
  • Fermer va dehqon xo’ jaliklari – 116 ta

Hududlardan kelib tushgan murojaatlar bo’ yicha quyidagi yetakchi uchlik qayd etildi:

  • Toshkent shahri – 40 380 ta
  • Toshkent viloyati – 8 837 ta
  • Buxoro viloyati – 8 483 ta

1198 – Davlat Soliq xizmatining yagona axborot-maslahat call-markazi raqami.