2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga soliq majburiyatlarini bajarishda ko’maklashish bilan bog’liq xizmatlar STATISTIKASI

  «Soliq-servis» DUK O‘zbekiston aholisiga soliq majburiyatlarini bajarish, hisobot va deklaratsiyalarni yuborishda ko‘maklashib kelmoqda. Hozirgi kunda respublika bo‘ylab 206 ta hududiy markazda soliq   to‘lovchilarga malakali xizmat ko‘rsatilmoqda.

2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga soliq majburiyatlarini bajarishda ko’maklashish bilan bog’liq umumiy xizmatlar soni 1 703 648 tani tashkil etmoqda, ulardan:

1. Interaktiv xizmatlar soni – 290 796 ta
2. Elektron soliq hisobotlarini tayyorlash va soliq organlariga yuborishga ko’maklashishlar soni – 284 157 ta
3. Axborot xizmatlari soni – 478 318 ta
4. Komputer va texnik xizmatlar soni – 420 609 ta
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga ularning murojaatlari yuzasidan yozma tushuntirishlar berish va boshqa xizmatlar soni – 89 775 ta

«Soliq-servis» — soliq xizmatlarini ko‘rsatishda ishonchli hamkor!