“Soliq” mobil ilovasida joriy etilgan “Soliq imziyozini qaytarish” xizmati yordamida professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lov amalga oshirilgan to’lovlar bo’yicha soliq imtiyozini qo’llashingiz mumkin.
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandi ga asosan jismoniy shaxslarning yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan “Soliq” mobil ilovasi orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda jami yillik deklaratsiya yuborish imkoniyati yaratilgan.
Talabalar uchun soliq imtiyozidan:
Farzandlari (26 yoshga to‘lmagan) shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar;
Turmush o‘rtoqlari shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar;
Rasman ishlayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
“Soliq” mobiI ilovasining “Soliq imziyozini qaytarish” xizmatida belgilangan talablar asosida to’ldirilgan deklaratsiya ro’yxatga olinadi hamda soliq organlariga ko‘rib chiqish uchun avtomat tarzda yuboriladi.