“Soliq” mobil ilovasida “Foydalanish ruxsatini berish” sozlamasi

Hurmatli foydalanuvchilar, «Soliq» mobil ilovasida “Foydalanish ruxsatini berish” sozlamasi yordamida ota-onangiz yoki farzandingiz nomidan “Quyoshli xonadon” xizmatiga tegishli shaxsiy kabinet imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Misol uchun, agar siz ota-onangiz (yoki farzandingiz) uyiga o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o’z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi holatini boshqarmoqchi bo‘lsangiz, unda ilovadagi ushbu sozlama yordamida ota-onangiz (yoki farzandingiz) tomonidan sizning nomingizga ruxsat rasmiylashtirilishi mumkin.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori ga asosan jismoniy shaxslar «Soliq» mobil ilovasi orqali o’zlariga tegishli obyektlarda o’rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o’z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat byudjetidan subsidiya olishlari mumkin.