new.soliqservis.uz avtomatlashtirilgan elektron hujjat aylanishi tizimi STATISTIKASI

new.soliqservis.uz avtomatlashtirilgan elektron hujjat aylanishi tizimi xarajatlarini qisqartirish hamda vaqtni tejash imkonini yaratadi

Tizim orqali hisobvaraq-faktura, ishonchnoma va boshqa turdagi hujjatlarni elektron tarzda yaratish, yuborish, qabul qilish, imzolash va saqlash mumkin. Muhimi, ushbu tizim har bir hamkor-korxona buxgalteriya tizimi talablariga moslashtirilgan holda integratsiya qilinadi.

2023-yil noyabr oyida new.soliqservis.uz tizimi bo’yicha quyidagi statistika qayd etildi:

  • Foydalanuvchilar soni – 617 100 ta
  • Yuborilgan hujjatlar – 540 779 ta

shundan:

  • elektron hisobvaraq-fakturalar – 380 646 ta
  • elektron shartnomalar – 17 674 ta
  • elektron ishonchnomalar – 127 464 ta
  • boshqa hujjatlar – 14 995 ta

 

Hurmatli obunachilar, new.soliqservis.uz tizimidan foydalanish va integratsiya qilish bo’yicha savollar yuzasidan +998 71 202 32 82 (ichki raqam-606) telefon raqami orqali bog’lanishingiz mumkin.