Bett 2023 – xalqaro ixtisoslashtirilgan ta’lim texnologiyalari ko’rgazmasi

Joriy yilda «Soliq-servis» DUK vakillari va IT-Park rezidentlari 29-31-mart kunlari London shahrida o‘tkazilayotgan Bett 2023 ta’lim texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda.

  Mazkur dastur IT-tashkilotlari vakillari o’rtasida biznes aloqalarini mustahkamlash va axborot almashinuvini yo’lga qo’yishga qaratilgan uchrashuvlar, suhbatlarm, taqdimotlarni va boshqa bir qator tadbirlarni o’z ichiga oladi.

  «Bett 2023” ko‘rgazmasida ishtirok etishimiz IT sohasidagi bilimlarni kengaytirish hamda xorijiy hamkasblarning ilg‘or mahsulotlari va xizmatlarini mamlakatimiz ta’lim segmentida joriy etish imkonini beradi», – deydi «Soliq-servis» DUK direktori Sherzod Sharobidinovich Pardayev. 

  Bett 2023 ta’lim texnologiyalari ko’rgazmasida butun dunyodan oʻqituvchilar to’plangan bo’lib, 600 dan ortiq innovatsion taʼlim texnologiyalari va resurs kompaniyalari o’zlarining ilgʻor hamda samarali mahsulot, xizmatlarni namoyish etmoqda.